Davlat turoperatorlar va turagentlarga har bir turist uchun 15 dollardan to‘laydi
Jamiyat
−
29 may 2020
3963Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Farmonga ko‘ra, davlat tomonidan quyidagi qo‘shimcha ko‘mak ko‘rsatiladi:
a) Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagilar subsidiyalanadi:
joylashtirish vositalarini qurish uchun tijorat banklari tomonidan avval berilgan kreditlar bo‘yicha 2020 yil 1 martdan 1 iyungacha bo‘lgan davrda turizm sohasi sub’ektlarining foiz xarajatlari;
joylashtirish vositalarini qurish uchun turizm sohasi sub’ektlariga avval berilgan kreditlar bo‘yicha 2020 yil 1 iyundan 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda foiz xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq bo‘lmagan qismi;
yangi sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqlashtirish uchun turizm sohasi sub’ektlariga beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq bo‘lmagan qismi;
aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun turizm sohasi sub’ektlariga beriladigan 1 milliard so‘mgacha miqdordagi kreditlar bo‘yicha 2020 yil 1 iyundan 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda foiz xarajatlarining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 10 foizlik punktdan ortiq bo‘lmagan qismi;
2020 yil 1 iyundan 2021 yil 31 dekabrga qadar joylashtirish bo‘yicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari – turoperatorlar va turagentlarga tashqi turizmni qayta tiklash boshlangan kundan e’tiboran kirib keluvchi xorijiy turistlarning umumiy soni 500 ming nafarga yetgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5781-son Farmoniga muvofiq kompensatsiya qilinadigan charter reyslar orqali olib kelinganlardan tashqari O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingan va xizmat ko‘rsatilgan har bir xorijiy turist uchun 15 AQSH dollari miqdorida, ularning respublika hududida kamida besh sutka bo‘lishi sharti bilan rag‘batlantiruvchi subsidiyalar ajratiladi;
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kirish turizmi qayta boshlangan kundan e’tiboran 2020 yil 31 dekabriga qadar kamida 10 kishidan iborat xorijiy turistik guruhlar uchun O‘zbekiston Respublikasida tur tashkil etish va ularning joylashtirish vositalarida kamida besh kecha tunab qolishi sharti bilan turoperatorlarning avia va temir yo‘l chiptalari bo‘yicha xarajatlari 30 foizi miqdorida qisman subsidiyalanadi;
LiveBarchasi