Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasida tayinlovlar bo‘ldi

Jamiyat

image

Zohid Shavkatovich Ermatov Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining ijro etuvchi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Zohid Ermatov ushbu lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 571-son qarori bilan tayinlangan. Shu munosabat bilan u Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingan. 

Shuningdek, Ermatovning o‘rniga Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Shuhrat To‘lanboyevich Inoyatov tayinlangan. 

Bundan tashqari, Ulug‘bek Mehmonovich Qandimov ham Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijro etuvchi direktorining o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Ma’lumot uchun, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 1 dekabrdagi qarori bilan tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi ijro etuvchi direktor Zohid Ermatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing