Davlat soliq qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
14 dekabr 2020
7153O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Yunusjon Nasimjonov Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Yunusjon Nasimjonov 1967 yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U 2020 yilning mart oyidan buyon Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Undan oldin Yunusjon Nasimjonov Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
LiveBarchasi
Toshkentda Epica yonib ketdi.
28 yanvar