Xorijiy davlatlar rahbarlari Mirziyoyevni qutlamoqda

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni. Mirziyoyev 67 yoshni qarshiladi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan Prezident Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovdan qutlov maktublari keldi. 

Shuningdek, Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Belarusdan Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston rahbariga telefon qilib, uni tavallud ayyomi bilan qutlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing