Davlat organlarida haq to‘lashning yagona tizimi joriy qilinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, davlat organlarida mehnatga haq to‘lashning yagona tizimi joriy qilinadi.

Prezident qarorida qayd etilishicha, O‘zbekiston Moliya vazirligi 2021 yil 15 mayga qadar:

vazirlik, idoralar va boshqa byudjet tashkilotlari shtat jadvallarini qaror bilan belgilangan boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga va yordamchi xodimlar sonining belgilangan me’yorlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlaydi;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish, yuqori samarali mehnatga intilishni kuchaytirish, xodimlarning o‘z kasb darajasini oshirishdan manfaatdorligini ta’minlashni nazarda tutuvchi mehnatga haq to‘lashning yagona tizimini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti qarori loyihasini kiritadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari soni qisqartirilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

435

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing