Davlat quyosh panellari sotib olgan fuqarolar xarajatini qisman qoplab beradi – Xo‘jayev

Jamiyat

image

O‘zbekistonda uylarda quyoshli fotoelektr panellar o‘rnatishda odamlarga ularni sotib olish uchun sarflangan xarajatlarning uchdan bir qismi qoplab beriladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (AOKA) bo‘lib o‘tgan brifingda shu haqda so‘z ketdi.

Brifingda Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev ta’kidlaganidek, “xususan, jismoniy shaxslarga quyoshli fotoelektr stansiyalarini xarid qilish uchun sarflangan xarajatlarining 30 foizi hajmida (ammo 3 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan), quyoshli isitgichlarni xarid qilish uchun - 1,5 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan), energiya tejamkor gaz gorelka moslamalarini xarid qilish uchun (200 mingdan ko‘p bo‘lmagan) miqdorda kompensatsiya berilishi ko‘zda tutilgan.

Zamonaviy uskuna – suvni isitishga mo‘ljallangan quyoshli moslamalarning ustuvorliklari haqida Solar City Solutions kompaniyasi vakili Igor Ogay so‘zlab berdi:

“Biz ushbu mavzuni o‘rganib chiqdik, ko‘p mamlakatlarda bo‘ldik va ko‘p sonli namunalarni olib keldik. So‘ngra ularni sinovdan o‘tkazib ko‘rgach, vakuum faol kollektorlarga to‘xtaldik. Bizning keskin-kontinental iqlim sharoitida ushbu uskuna o‘z afzalliklarini namoyish etdi. U ishonchli va samarali, FIK 93 foizni tashkil etadi. Ya’ni, issiq suv markazlashgan tartibda yetkazib berilmaydigan olis tumanlar uchun bu juda qulay usul”. 

Ogay ta’kidlaganidek, ushbu tizimning afzalligi uning avtonomligida. Mustaqil ravishda, davlat tuzilmalariga murojaat qilmasdan turib, yetarli miqdorda suvni zaxira qilib qo‘yish mumkin.

“Shuningdek Split tizimi mavjud bo‘lib, biz uni mavjud isitish tizimlariga ulaymiz. Bunda ushbu tizimlar gaz va elektroenergiya sarfini 80 foizgacha kamaytirish imkonini beradi”, deb qo‘shimcha qildi kompaniya vakili. 

Yuqorida ko‘rsatilgan uskuna quyoshdan bepul issiq suv olish imkonini beradi. Bunday tizimlarni barcha joylarda – yirik shaharlarda ham, qishloqlarda ham o‘rnatish zarur. Bu odamlar farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu va boshqa uskunalar eskirgan IEMga yordam berishi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

quyoshli panellar Sherzod Xo'jaev

Baholaganlar

61

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing