Davlat idoralarida xodimlar soni qisqartiriladi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2021
18301Kelgusi besh yilda davlat idoralari shtatlarini oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev O‘zLidep qurultoyidagi nutqi davomida aytib o‘tdi.
“Barcha bo‘g‘indagi ijro idoralari rahbarlari – xoh u vazir bo‘lsin, xoh qo‘mita raisi, bir yillik ish dasturi va amalga oshiradigan loyihalarini jamoatchilikka ochiq e’lon qilib boradi”, deydi Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, raqamlashtirish va qator funksiyalarni xususiy sektorga berish hisobiga shtatlar qisqartirib boriladi.
Shuningdek, davlat xizmatchilari uchun uzluksiz malaka oshirish, natijadorlikni baholash va lavozim bo‘yicha ko‘tarilish mezonlari belgilanadi.
LiveBarchasi