Davlat go‘sht narxini pasaytirish uchun subsidiya ajratadi
Jamiyat
−
30 yanvar 2020
10481O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qarorga muvofiq 2020-2022 yillarda:
Chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
• respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xo‘jaliklaridan sotib olingan nasldor qoramolning har bir boshiga 1 million so‘m miqdorida;
• xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorida;
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xo‘jaliklarga davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
• intensiv usulda yetishtirilgan bir tonna baliq mahsuloti uchun 1 million so‘m miqdorida;
• O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan 1 dona nasldor ona baliqning 3,5 million so‘mgacha bo‘lgan xarajatlarining 50 foizi miqdorida;
Shuningdek, “Parrandasanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 9 ming so‘mini qoplash uchun davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.
2020 yilda sotib olinadigan nasldor qoramollar uchun ajratiladigan subsidiyaning umumiy summasi quyidagicha begilandi:
respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xo‘jaliklaridan sotib olish uchun 10 milliard so‘m miqdorida;
xorijiy davlatlardan import qilish uchun 40 milliard so‘m miqdorida.
Bundan tashqari, qo‘y va echkilarni import qilish uchun ajratiladigan subsidiyaning umumiy summasi 6 milliard so‘m miqdorida belgilandi.
LiveBarchasi