Davlat “Coca-cola”dagi ulushini sotib nimaga erishadi?
Jamiyat
−
26 fevral 2021
8784Davlat aktivlarini boshqarish agentligi munozaralarga sabab bo‘layotgan “Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MCHJdagi davlat ulushining sotilishi yuzasidan ma’lumot berdi.
“Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat faqat strategik ahamiyatga ega korxonalar, ya’ni tabiiy monopoliya sub’ektlari, mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik maqsadlarida faoliyat yuritadigan korxonalarga egalik qiladi”, deya ta’kidladi agentlik Matbuot xizmati rahbari Mo‘min Ibodov.
Unga ko‘ra, davlat bu kabi korxonalarda faqatgina davlat organi sifatida tartibga soluvchi funksiyani bajaradi, ular faoliyati samaradorligining yanada oshishidan manfaatdor sifatida ulardan soliq ko‘rinishida daromad oladi.
“Coca-cola” korxonasi ham soliq to‘lovchi, u xoh davlat ulushi bo‘lsin, xoh xususiy bo‘lsin – soliq to‘lovchi! Shu bilan birga, davlat ulushi bugungi dunyo bozori narxlarida sotiladigan bo‘lsa, davlatning ushbu korxonadan kamida 30 yil oladigan dividendini bugun byudjetga tushushi demakdir, bu juda muhim!”, deya kompaniyadagi davlat ulushi sotilishini izohladi Ibodov.
Avvalroq, kompaniyaning ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish jarayonining ikkinchi bosqichi boshlangani haqida xabar bergandik. Birinchi bosqichda kompaniyaning davlat ulushini sotib olish uchun talabgorlar ro‘yxatga olingan.
LiveBarchasi