Davlat byudjetining 2019 yil 1-choragidagi ijrosi ko‘rib chiqildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2019 yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Taqdim etilgan hisobot palataning Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasida, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Ekoharakat deputatlar guruhi, parlament qo‘mitalarining majlislarida dastlabki tarzda ko‘rib chiqilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2019 yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan hisobotni O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov taqdim etdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini tubdan rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan islohotlar ijrosi 2019 yil birinchi choragi davomida iqtisodiyotning barqaror, muvozanatlashtirilgan holda rivojlanishi hamda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minladi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2019 yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqish davomida deputatlar Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishi va xarajatlarining sarflanishi holatini tahlil qildilar. Unga ko‘ra, joriy yilning 1-choragida Davlat byudjeti daromadlari 23 trillion 65,9 milliard сўмни tashkil qildi va ўтган йилнинг mos davriga nisbatan 62,9 foizga ўсди hamda belgilangan 21 trillion 123,6 milliard сўм reja 1 942,3 milliard сўмга ortig‘i bilan yoki 109,2 foizga bajarilgan. O‘z navbatida, Davlat byudjeti daromadlarining Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 25,3 foizni tashkil qilgan.

Hisobot davrida xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilgani saqlab qolindi. Davlat byudjetining barcha darajasida mutanosiblikni ta’minlash, sanoat va xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash, byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, Prezident va Hukumat tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish Davlat byudjeti ijrosining ustuvor yo‘nalishlari bo‘ldi.

Shu bilan birga, 2019 йилнинг 1-choragi mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida yana bir muhim voqea bilan yodda qolganligini ta’kidlash lozim. Joriy yilning 13 fevral kuni Ўзбекистон o‘z tarixida birinchi marta 5 йиллик 500 million dollarlik yevrobondlarni 4,75 foizdan, 10 йиллик 500 million dollarlik yevrobondlarni esa 5,375 foizdan Yevropa bozoriga жойлаштирди. Bu esa davlatga ko‘plab iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

Deputatlar Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining joriy yil birinchi choragidagi ijrosi yakunlarini muhokama qilar ekan, keyingi paytlarda mamlakatda ijtimoiy himoyaga, xususan, mehnatga haq to‘lash hamda pensiyalar tayinlash tizimini takomillashtirish masalalariga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar. 

Xususan, joriy yil 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Qayd etish joizki, ilgari xodimlar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini aniqlash borasida juda ko‘p savollar tug‘ilar, muammolar yuzaga kelar edi. Davlat rahbarining mazkur farmoni bilan tartib-taomillar takomillashtirilishi munosabati bilan bu boradagi masalalar ham o‘z yechimini topadigan bo‘ldi.

Deputatlar parlament a’zolari tomonidan joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish hamda nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirish jarayonlarida Davlat byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida hali yechimini kutayotgan masalalar borligiga ham e’tibor qaratdilar. Shu bilan birga, hududlarning resurs salohiyatini to‘liq amalga oshirish, byudjet mablag‘laridan yanada samarali foydalanishni ta’minlash, mahalliy byudjetlar daromadini oshirish borasida joylarda mavjud imkoniyat va rezervlarni to‘la ishlatishga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Muhokamalar davomida deputatlar mahalliy davlat organlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini oshirish, Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining kelgusi davr uchun o‘z vaqtida, sifatli ijro etilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish, buning uchun xalq deputatlari tegishli Kengashlari bilan hamkorlik qilish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab olish zarurligini ta’kidladilar.

Majlis yakunlariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining 2019 yil birinchi choragidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobot yuzasidan tegishli qaror qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy Majlis

Baholaganlar

8

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made