Davlat Bobonov va Diyora Keldiyorova navbatdagi harbiy unvon bilan taqdirlandi

Sport

image

O‘z vazn toifalarida jahon reytingini boshqarib kelayotgan o‘zbekistonlik dzyudochilar Davlat Bobonov va kichik serjant Diyora Keldiyorovaga Mudofaa vazirligining harbiy unvonlari topshirildi.

Joriy yilda Toshkentda o‘tkazilgan dzyudo bo‘yicha Jahon chempionatida Bobonov g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Diyora Keldiyorova Ozarbayjonning Boku shahri mezbonlik qilgan "Katta dubulg‘a" musobaqasida birinchi o‘rinni egalladi. 

Mudofaa vazirligi o‘nga yaqin sportchiga harbiy unvonlarni topshirgan. Davlat Bobonovga muddatidan oldin "Katta leytenant" unvoni berilgan.

Ma’lumot uchun, Davlat Bobonov mundialgacha Tokio-2020 Olimpiadasida sovrindor bo‘lgan, Keldiyorova esa 2019 va 2022 yilgi Osiyo chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bobonov Keldiyorova

Baholaganlar

99

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar