Davlat banki rahbari o‘g‘irlab ketildi
Olam
−
16 noyabr 2019
12382Bugun, 16 noyabr kuni Kiyevda “Ukreksimbank” davlat banki rahbari Aleksandr Gritsenko o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Pryamoy” telekanal xabar berdi.
“Qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, noma’lum kimsalar uni farzandi bilan aylanib yurganida qora avtobusga tiqib olib ketgan”, deyiladi xabarda.
Gritsenkoning oilasi politsiyaga murojaat qilgan. Shuningdek, bu ma’lumotning to‘g‘riligi hozircha rasman tasdiqlanmagan.
“Ukreksimbank” – Ukrainaning 1992 yilda tuzilgan eksport-import bilan shug‘ullanuvchi banki. Mamlakatdagi eng yirik banklardan biri, yuridik shaxslarning omonatlari bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Bank Ukrainadagi 14 ta muhim kreditlovchi tashkilotlar qatoriga kiradi. “Ukreksimbank”ning 100 foiz aksiyasi davlatga qarashli.
LiveBarchasi