David Alaba mavsum oxirida “Bavariya”dan ketishini e’lon qildi

Sport

image

“Bavariya” futbol klubining avstriyalik himoyachisi David Alaba mavsum oxirida klubni tark etadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

“Men mavsum tugaganidan so‘ng yangi narsalarni sinab ko‘rishga va “Bavariya”ni tark etishga qaror qildim. Bu oson qaror emas, chunki men bu yerda 13 yildan beri yashayman va klub men uchun juda qadrli” deya futbolchining so‘zlarini keltiradi klub sayti.

Futbolchining nemis klubi bilan shartnomasi joriy yilning 30 iyun kuni yakuniga yetadi.

Joriy yilning yanvar oyida Ispaniyaning “Marca” nashri Alabaning “Real Madrid” klubi bilan kelishuvga erishgani haqida xabar tarqatdi. Tomonlar to‘rt yillik muddatga shartnoma borasida kelishib olgan. Ispaniyada avstriyalik yiliga 11 million yevro ishlab topishi taxmin qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing