“Coca-cola”ning davlat ulushi sotilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Jamiyat

image
Davlat “Coca-cola”dagi ulushini sotib nimaga erishadi? north_east

Davlat “Coca-cola”dagi ulushini sotib nimaga erishadi?

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 2020 yil 16 dekabrdagi “Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd” MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish to‘g‘risidagi E’longa muvofiq, sotish jarayonining uchinchi bosqichi yakunlandi. Bu haqda agentlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 12 aprelidan 24 maygacha bo‘lgan muddatda:

  • talabgorlarga kompaniyaga tashrif buyurish, joyiga chiqqan holda o‘rganishlar o‘tkazish, kompaniya rahbariyatiga qo‘shimcha savollar berish va ular bilan suhbat o‘tkazish imkoniyati berildi;
  • talabgorlardan (va ularning vakolatli maslahatchilaridan) kelib tushgan tushgan savollarga javoblar berilib, menejment taqdimoti sessiyalari va onlayn muloqotlar o‘tkazildi;
  • talabgorlarga davlat ulushini oldi-sotdi shartnomasi loyihasi taqdim etildi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda talabgorlardan kompaniyani sotib olish bo‘yicha qat’iy narx takliflari va oldi-sotdi shartnomasi loyihasiga qo‘shimcha taklif hamda izohlari olingan.

Mazkur takliflar “Rothschild & Cie” investitsiya banki va “Dentons” yuridik firmasi bilan birgalikda o‘rganib chiqilib, Davlat tender komissiyasi tomonidan sotish jarayonning yakuniy bosqichini tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Xabarga ko‘ra, ushbu bosqichda davlat ulushini sotish, narxini aniqlashtirish va oldi-sotdi shartlarini yaxshilash maqsadida talabgorlar bilan qo‘shimcha muzokaralar o‘tkaziladi. Natijasi bo‘yicha savdo g‘olibi kompaniyaning ikkinchi mulkdori bilan kelishilgan holda Davlat tender komissiyasining qaroriga muvofiq e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Coca-cola”dagi davlat ulushiga talabgorlar aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing