Dastlabki vaksina hammaga ham ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin – ekspert

Salomatlik

image

Koronavirusga qarshi vaksinalarning birinchi avlodi barcha uchun ham samarali bo‘lmasligi mumkin va faqat vaqtinchalik ta’sirga ega bo‘ladi. Bu fikrni Buyuk Britaniya hukumatining vaksinalar bo‘yicha ishchi guruhi rahbari Keyt Bingem “The Lancet” tibbiyot jurnali tomonidan chop etilgan maqolasida aytib o‘tdi.

"Vaksinalarning birinchi avlodi nomukammal bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, biz vaksinalar infeksiyaning oldini olmasligi, ammo simptomlarni kamaytirishi va shunga qaramay, ular hammaga ta’sir qilmasligiga tayyor turishimiz kerak", deb yozadi Bingem.

Shuningdek, u vaksinani rivojlantirish borasida haddan tashqari optimizmdan voz kechishga chaqirdi. "Bizda vaksina bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilmaymiz", dedi Bingem.

O‘z navbatida, Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok BBC’ga bergan intervyusida mamlakatda koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqish 2021 yilning birinchi yarmida boshlanishini taxmin qilgan edi.

Bugungi kunga qadar Buyuk Britaniyada klinik sinovlarda oltita istiqbolli nomzod vaksinaining o‘n millionlab dozalarini yetkazib berish bo‘yicha oldindan shartnomalar mavjud. Qirollikning eng katta umidi Oksford universiteti tomonidan ingliz-shved farmatsevtika kompaniyasi AstraZeneca bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan vaksinada bo‘lib turibdi. Ushbu vaksinaning uchinchi bosqichi Buyuk Britaniya, Braziliya, Hindiston, Janubiy Afrika, Yaponiyada davom etmoqda va yaqin orada AQSHda yana boshlanishi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya vaktsina

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing