Nazarboyevning qizi prezidentlikka da’vo qiladimi?

Olam

image

Avvalroq, Qozog‘iston Respublikasining vaqtinchalik prezidenti Qosim-Jomart Toqayev xalqqa murojaatida mamlakatda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkazilishini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 9 aprel kuni Qosim-Jomart Toqayevning murojaatidan keyin Qozog‘istonda prezidentlik uchun da’vogarlik qilishi mumkin siyosiy shaxslardan biri Darig‘a Nazarboyeva saylovda qatnashmasligini ma’lum qildi. Bu haqda "Tengrinews" xabar berdi.

Qozog‘iston Respubliksining birinchi prezidenti, Elboshi Nursulton Nazarboyevning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyeva hozirda Senat raisi hisoblanadi. U Qosim-Jomart Toqayev prezident bo‘lgach, bu lavozimga saylangandi.

“Yo‘q, Darig‘a Nursultonovna nomzodini qo‘yishni rejaoashtirmayapti”, degan uning yordamchisi Saule Mustafoyeva. 

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda 9 iyun kuni muddatidan oldin saylov o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Darig'a Nazarboeva saylov

Baholaganlar

121

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing