Daryodan bir erkak va qizchaning jasadi topildi

Olam

image

Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyati Nechayevka qishlog‘i yaqinida Tobul daryosidan erkak kishi va voyaga yetmagan qizning jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar departamentiga (FVD) tayanib, “Nur.kz” xabar berdi.

“Ikki kun davomida Qo‘stanay viloyati FVD xodimlari qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishdi. Birinchi kuni g‘avvoslar tomonidan voyaga yetmagan qizning jasadi topilib, suvdan olib chiqildi. Erkak kishini qidirish ishlari ertasi kuni davom ettirildi. G‘avvoslik qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida uning jasadi ham topildi va suvdan olib chiqildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qidiruv operatsiyasi davomida FVD xodimlari Tobul daryosi qirg‘oq chizig‘ining qariyb 2,5 kvadrat kilometr maydonini piyoda ko‘zdan kechirgan.

Qo‘shimcha ravishda mutaxassislar dronni ham jalb etgan. Uning yordamida 12,05 gektarga yaqin hudud ko‘zdan kechirilgan. G‘avvoslar daryo tubining 39 ming kvadrat metr maydonini tekshirib chiqqan.

“Qidiruv ishlariga politsiya xodimlari, mahalliy ijro etuvchi organlar vakillari, volontyorlar va mahalliy aholi ham jalb etildi. Qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi”, deyiladi xabarda.

Ijtimoiy tarmoqlarda halok bo‘lganlar bir-biriga ota va qiz bo‘lishgani xabar qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan Milliy bog‘ sayilgohi hududidagi tashkil etilgan cho‘milish sohilida 4 yoshli qiz cho‘kib ketishi oqibatida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing