Dard ustiga dard: Chexiya Prezidentida koronavirus aniqlandi
Olam
−
26 noyabr 2021
3635Chexiya Prezidenti Milosh Zemanning koronavirusga topshirgan testida musbat natija aniqlandi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Irji Ovchachek ma’lum qildi.
“Respublika Prezidenti 25 noyabr kuni tushdan keyin koronavirus uchun testdan o‘tkazildi. Test natijasi musbat chiqdi”, degan Ovchachek.
Ovchachekka ko‘ra, Prezident shifokori Miroslav Zavoral bilan maslahatlashuvdan so‘ng, Zemanni Markaziy harbiy gospitalga qaytarishga qaror qilingan. Prezident koronavirusdan davolanayotgan bir paytda uning ish dasturi bekor qilingan.
Prezidentning davolovchi shifokorlaridan biri, jarroh Pavla Pafkoning so‘zlariga ko‘ra, Zeman surunkali xastalikdan aziyat chekmoqda, u jigar sirrozi bilan og‘rigan va ayni paytda uning oshqozoniga oziqlantiruvchi trubka kiritilgan. Shu munosabat bilan u joriy yilning 10 oktyabridan 25 noyabrigacha Markaziy harbiy gospitalda davolangan.
Shifokorlarning e’tirozlariga qaramay, Zeman kecha, 25 noyabr kuni o‘zining “Lana” qarorgohiga qaytib kelgan, u uyda davolanishni davom ettirish, shuningdek rasmiy vazifalariga qaytish niyatida bo‘lgan.
Bugun, 26 noyabr kuni Zeman 8-9 oktyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘alaba qozongan “Birgalikda” koalitsiyasi rahbari Petr Fialuni Respublikaning yangi hukumati rahbari etib tayinlashni rejalashtirgan edi.