“Dard ustiga chipqon” yoxud “Roma”da Shomurodovga yana bir raqobatchi paydo bo‘lishi mumkin

Sport

image

"Barselona"ning niderlandiyalik hujumchisi Memfis Depayga "Roma" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar berdi.

Italiya klubi yanvar oyida Depayning transferi bo‘yicha muzokara olib borishni rejalashtirmoqda. Futbolchi uchun kurashda "bo‘rilar"ning asosiy raqibi Turinning "Yuventus" klubi bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, hozirda rimliklar hujum chizig‘ida Paulo Dibala, Temmi Abraham, Stefan-El Shaaravi va o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov bor. Agar, Depay ham Rim klubiga o‘tsa, Mourino tomonidan juda kam ishonch bildirilayotgan Shomurodovga o‘yin amaliyoti berilishi ehtimoli yanada pasayadi. So‘nggi o‘yinlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori asosan 80-daqiqadan keyin maydonga tushirilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida Memfisning "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi. Uning transfer qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.

Hujumchi joriy mavsumda "ko‘k-anorranglilar" safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shomurodov

Baholaganlar

326

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing