Daniya o‘zining barcha artilleriyasini Ukrainaga topshirmoqchi
Olam
−
19 fevral
5209Daniya o‘zining barcha artilleriyasini Ukrainaga topshiradi, chunki o‘zi undan foydalanmaydi. Bu haqda Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen ma’lum qildi.
“Daniya o‘zining barcha artilleriyasini Ukrainaga o‘tkazishga qaror qildi”, degan siyosatchi 60-chi Myunxen Xavfsizlik konferensiyasida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada hali ishlatilmayotgan harbiy texnika, jumladan, qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va havo hujumidan mudofaa tizimlari mavjud. Bosh vazir davlatlarni bunday qurollarini Ukrainaga topshirishga chaqirdi.
"Shanba kuni bu urush boshlanganiga ikki yil to‘lar ekan, biz Ukraina ko‘proq yuklarni olishiga ishonch hosil qilishimiz kerak", deydi Daniya hukumati rahbari.
Frederiksenning aniqlik kiritishicha, u Kiyevni o‘q-dorilar, artilleriya, uzoq masofaga uchuvchi raketalar, uchuvchisiz samolyotlar va F-16 qiruvchi samolyotlari bilan ta’minlash uchun koalitsiya doirasidagi ko‘makning kuchayishini nazarda tutyapti.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari “Ukraina uzoq muddatda Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lishi uchun Kiyevni qisqa muddatda kerakli narsalar bilan ta’minlashi kerak”.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Daniyaga safari davomida Bosh vazir Mette Frederiksen bilan Janubiy Yutlandiyadagi Skridstrup aeroportida F-16 qiruvchilaridan birini ko‘zdan kechirgandi. Keyinchalik o‘tkazilgan matbuot anjumanida Mette Frederiksen Daniya F-16 qiruvchi samolyotlarini Ukrainaga 2024 yilga yaqinroq yetkazib berishga umid qilayotganini aytgandi. Biroq Ukraina F-16 qiruvchi samolyotlarini qabul qilgani haqida hali ham xabar qilinmadi.
LiveBarchasi