Daniya Ukrainaga F-16 bilan Rossiyaga zarba berishga ruxsat beradi
Olam
−
31 may
5169Ukraina Daniyadan oladigan F-16 qiruvchi samolyotlaridan Rossiya ichidagi harbiy nishonlarga zarba berish uchun foydalanishi mumkin. Bu haqda qirollik Tashqi ishlar vaziri Lars Lokke Rasmussen ma’lum qildi.
Uning tushuntirishicha, bu Daniya uchun yangi pozitsiya emas.
“Buni Daniya parlamentida Tashqi ishlar qo‘mitamiz bilan muhokama qilganimizda, biz boshidanoq bu o‘z-o‘zini himoya qilishning bir qismi ekanligini, shu sababli tajovuzkor davlat hududidagi harbiy ob’ektlarga ham hujum qilish mumkinligini aytdik”, degan Rasmussen.
Bir necha kun avval Belgiya Bosh vaziri Aleksandr De Kroo Ukraina Qurolli kuchlarining o‘z mamlakatidan olingan qiruvchi samolyotlaridan faqat o‘z hududida foydalanish mumkinligini aytgandi. Belgiya hukumati, shuningdek, 2028 yilgacha Ukrainaga jami 30 ta F-16 qiruvchi samolyotini topshirishni rejalashtirmoqda.
Daniya 2023 yilda Ukrainaga 19 ta F-16 qiruvchi samolyotini yetkazib berishga va’da berdi. 2024 yil 14 may kuni Bosh vazir Mette Frederiksen qiruvchi samolyotlar bir oy ichida Ukrainaga topshirilishini aytgandi.
29 may kuni Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiyaning Xarkovga hujumidan so‘ng front chizig‘i kuchaygani sababli mamlakat qiruvchi samolyotlar yetkazib berishga juda muhtojligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, front chizig‘ini himoya qilish uchun kamida 60 ta qiruvchi samolyot, optimal holatda esa 100-120 ta qiruvchi samolyot kerak bo‘ladi. Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya chegarasi hududiga zarbalar bermaslik uchun ruxsat kerak.
Umuman olganda, Ukraina Belgiya, Daniya, Niderlandiya va Norvegiyadan 60 dan ortiq F-16 qiruvchilarini qabul qilishi kerak. O‘tgan hafta AQSH Milliy gvardiyasi vakili ukrainalik uchuvchilar F-16'da uchish bo‘yicha mashg‘ulotlarni avgust oyida yakunlashini aytgan edi. Samolyotlarni yetkazib berish faqat uchuvchilarni tayyorlash tugagandan so‘ng kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Kiyevga Rossiya hududini o‘qqa tutish uchun Amerika qurollaridan foydalanishga yashirin ruxsat bergani xabar qilingandi.
LiveBarchasi