Dani Alves Messi sababli 50 yoshgacha futbol o‘ynashi mumkin

Sport

image

Meksikaning “Pumas” klubi himoyachisi Dani Alves Lionel Messi sovrinlar bo‘yicha undan o‘zib ketsa, 50 yoshgacha futbol o‘ynashini ma’lum qildi. Bu haqda Alvesning so‘zlariga tayanib, ESPN nashri xabar berdi.

“Men kelajak haqida o‘ylashni yoqtirmayman, chunki uni oldindan aytib bo‘lmaydi. Hayot o‘z yo‘nalishida davom etadi. Agar Messi sovrinlar bo‘yicha mendan o‘zib ketsa, men 50 yoshgacha o‘ynayman”, degan “Barselona”ning sobiq himoyachisi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1 avgust kuni PSJ Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritgan edi. Parijliklar jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi uchun bu sovrin uning faoliyatidagi qirq birinchisi bo‘ldi. Jamoaviy sovrinlar jamg‘arish borasida "Barselona"ning sobiq himoyachisi Dani Alves rekordchi hisoblanadi. “Pumas” futbolchisi butun faoliyati davomida 46 ta sovrin yutgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Dani Alves

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing