Dana Uayt UFC afsonasining tashkilotdan ketishini xohlamoqda
Sport
−
10 iyun
6809Ultimate Fighting Chempionship (UFC) rahbari Dana Uayt afsonaviy amerikalik jangchi Toni Fergyuson avgust oyidagi jangining natijasidan qat’i nazar iste’foga chiqishini istamoqda. Bu haqda “MMA Junkie” nashri xabar berdi.
“Men Fergyusonning iste’foga chiqishini istardim. Ha, umid qilamanki, bundan keyin u tashkilotga qaytmaydi”, deydi Dana Uayt.
Qayd etish joiz, Toni Fergyuson oxirgi marta 2023 yil 17 dekabrda UFC 296 turniri doirasida biritaniyalik Peddi Pimblettga qarshi jang qilib, hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi. Ushbu mag‘lubiyat “el kukuy”ning ketma-ket yettinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Sobiq vaqtinchalik chempion 2020 yil may oyidagi UFC 249 turnirida amerikalik Jastin Getji bilan bo‘lgan jangda texnik nokautga uchragandi va shundan beri g‘alaba qozona olmayapti.
40 yoshli Fergyuson oxirgi marta 2019 yilda UFC 238 turnirida amerikalik Donald Serroneni mag‘lub etib, o‘zining o‘n ikkinchi g‘alabali seriyasini qayd etgan va kamar uchun asosiy da’vogar aylangandi, biroq uning o‘sha paytdagi chempion, rossiyalik Habib Nurmuhammedovga qarshi kamar uchun jangi COVID-19 epidemiyasi tufayli bekor qilingandi. Umumiy hisobda 5 marotaba Habib va Tonining jangi o‘tkazilishi belgilangan, ammo barchasi turli sabablarga ko‘ra bekor bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson keyingi jangini shu yilning 4 avgust kuni amerikalik Maykl Kezaga qarshi UFC Fight Night turnirida o‘tkazadi.
Xabibulloh Rayimov