Dambldor roli bilan mashhur Maykl Gembon vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Mashhur “Garri Potter” filmida “Xogvarts” sehrgarlar maktabi direktori Albus Dambldor rolini ijro etgan britaniyalik aktyor Maykl Gembon 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.  

"Sevimli er va ota Maykl pnevmoniyadan keyin rafiqasi Anna va o‘g‘li Fergus qurshovida shifoxonada xotirjam ko‘z yumdi", deyiladi uning oilasi bergan bayonotida.

Maykl Gembon 1940 yilning 19 oktyabrda Irlandiya poytaxti Dublinda tug‘ilgan. U aktyorlik faoliyatini Qirollik milliy teatrida boshlagan.

Gembon to‘rt marta(1987 yil, 2000 yil, 2001 yil, 2002 yil) eng yaxshi aktyor uchun beriladigan BAFTA mukofotini olgan. Shuningdek, ijro etgan rollari bilan “Emmi”(2002) va “Oltin globus” (2003) mukofotlariga nomzod bo‘lgan.

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Garri Potter Maykl Gembon Dambldor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made