Damashqqa raketa hujumi uyushtirildi
Olam
−
23 dekabr 2019
5471Kecha, 22 dekabr kuni tunda Suriya poytaxti Damashqqa raketa hujumi amalga oshirildi. Suriya davlat televideniyesi havo hujumidan mudofaa tizimlari poytaxtga bo‘lgan raketa hujumini bartaraf etganini e’lon qildi.
“Ikhbariya” telekanali bergan ma’lumotga ko‘ra, raketalar Isroil okkupatsiya qilgan Jo‘lon tepaligi tarafdan uchirilgan.
“RIA Novosti”ning xabar berishicha, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:15 da ikkita kuchli portlash yuz bergan. Zarbalardan biri Damashqdan 20 km janubi-sharqdagi Aqrabo qishlog‘iga berilgan.
Mazkur raketa hujumi bo‘yicha Isroil armiyasi hozircha hech bir izoh bermagan.
LiveBarchasi