AQSHning Suriyadagi harbiy bazasi havo hujumiga uchradi – OAV

Olam

image

Suriyaning Xasaka shahri yaqinidagi Xarab al-Jir aeroportidagi Amerika harbiy bazasiga Iroq hududidan beshta raketa uchirildi. Bu haqda Iroq xavfsizlik xizmatidagi manbalariga tayanib, “Reuters” va “Shafaq News” xabar berdi.

“Shafaq News” manbasining aniqlik kiritishicha, otilgan raketalarning bir qismi Iroq hududiga tushgan. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, raketalar uchirilgan qurilma Amerika samolyoti tomonidan yo‘q qilingan – u Iroqning Mosul shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan.

“Shafaq News” xabariga ko‘ra, AQSH harbiy-havo kuchlari samolyotlari Iroq-Suriya chegarasi bo‘ylab jadal parvoz qilmoqda.

“Amerika bazasi ham dron tomonidan hujumga uchragan. Unga Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhlardan birining uchuvchisiz samolyoti hujum qildi”, deya xabar bermoqda Suriya Inson huquqlari monitoringi markazi matbuot xizmati.

Matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari dronni bazaga yetib bormasdan urib tushirgan. Markazning ta’kidlashicha, bu "24 soatdan kamroq vaqt ichida bunday turdagi ikkinchi hujum". Birinchi shunday hujum AQSHning Dayr-az-Zordagi bazasida sodir bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Yaqin Sharqdagi Amerika bazasiga oxirgi hujum Iroq Islomiy qarshilik guruhi tomonidan amalga oshirilgan. 2024 yil fevral oyida Iordaniyadagi AQSH harbiy majmuasiga hujum uyushtirildi. Baza 2023 yilning yanvarida ham uchuvchisiz samolyot hujumiga uchragan, oqibatda uch askar halok bo‘lgan va 30 ga yaqin kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing