Damas va Labo mashinalarini ishlab chiqarish oshiriladi
Jamiyat
−
31 mart 2023
12319O‘zbekistonda 20 million dollar investitsiya evaziga Damas va Labo avtomashinalarini ishlab chiqarish hajmi orttiriladi. Bu haqda bugun, 31 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida aytib o‘tildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu sessiyada Prezident 14 ta yirik sanoat loyihasi infratuzilmasi uchun qo‘shimcha 100 milliard so‘m yo‘naltirish, Urganchda elektrotexnika va farmatsevtika sanoat parklari tashkil qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Shu bilan birga, 20 million dollar investitsiya evaziga Damas va Labo avtomashinalarini ishlab chiqarish hajmini oshirish vazifasi qo‘yilgan. Bu orqali 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
LiveBarchasi