Dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

Joriy yilning 18-19 aprel kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet e’lon qilgan prognozda keltirilgan.

Unga ko‘ra, shanba va yakshanba kunlari respublikaning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni kunduzgi harorat 20-25 darajaga, janubda esa 26-28 daraja ga ko‘tariladi.

Toshkentda dam olish kunlari davomida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shanba kuni 19-21 daraja va yakshanba kuni 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidromet joriy yilning 18-23 aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing