Dam olish kunlarida qanday ob–havo bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida issiq va asosan quruq ob-havo saqlanib qoladi. Faqat ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet e’lon qilgan prognozda keltirilgan.

Bugun, 26 iyun kuni kunduzi respublikaning katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Toshkent viloyati hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ertaga, 27 iyun kuni ham aynan Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda.

28 iyun, yakshanba kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida beqaror ob-havo kuzatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan qismida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Shimoliy va cho‘l hududlarida shamol ba’zan 20–22 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Kunduzgi havo harorati bugun va dam olish kunlari ko‘pchilik viloyatlarda 35–40 daraja atrofida bo‘ladi. Yakshanba kuni ayrim hududlarda harorat 42 darajagacha, janubiy viloyatlarda esa 43–44 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat asosan 32–37 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘istonning shimoliy tumanlarida havo 23–28 darajagacha salqinlashadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Toshkent shahrida bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 37–39 daraja bo‘ladi.

27 iyun kuni qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin, harorat 38–40 darajani tashkil etadi. 28 iyun kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo 39–41 darajagacha isiydi. Poytaxtda kechasi havo harorati 23–26 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing