Dam olish kunlari jazirama bo‘lishi kutilyapti
Bu qiziq
−
15 iyul 2022
25660Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo haroratining asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
15-16 iyul kunlari respublika bo‘yicha havo harorati 36-41 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 42-43 darajagacha bo‘ladi. Yakshanba kuni issiqning oshib borishi davom etadi, shu kuni termometr ustuni ba’zi joylarda 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 45 darajagacha ko‘tariladi.
Issiq havo kirib kelishi shamolning kuchayishi bilan qayd etiladi. Bugun va ertaga respublikaning shimoliy hududlarida, shuningdek Buxoro va Navoiy viloyatlarining cho‘l hududlarida, yakshanba kuni esa respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kuzatiladi. 17 iyulda ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.
LiveBarchasi
Toshkentga tramvay qaytadi.
13 mart