Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutyapti
Jamiyat
−
01 iyul 2022 16430 1 daqiqa
Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati yana ko‘tarila boshlaydi. Yakshanba kuniga kelib, harorat 38-41 darajagacha yetadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, shanba va yakshanba kunlari janubiy hududlarning eng chekka qismida 43-45 darajagacha bo‘lgan harorat bilan juda issiq ob-havo saqlanib turadi.
Biroq, bu issiq uzoq vaqt davom etmaydi. Keyingi haftaning boshidan esa respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib keladi. Dushanba kunidan harorat asta-sekin pasayishni boshlaydi va haftaning aksariyat qismida 30-35 daraja atrofida, ba’zi joylarda 37-38 darajagacha bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida dam olish kunlari asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, faqat Qoraqalpog‘istonda 3 iyulda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin. 3 iyulda shimolda va cho‘l hududlarda shamol 23-28 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor.
1-3 iyulda Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025