Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutyapti?

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 2-3 mart kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja  iliq, kunduzi esa 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 mart kuni u 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.  

Shuningdek, Respublika hududi bo‘yicha dam olish kunlari harorat asosan kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 mart kunlari 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkentda 2-3 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kechalari -1/+1 daraja, kunduz kuni  2-3 martda +1/+4 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Mart oyining dastlabki kunlarida harorat foni bahorning boshlanishi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4-6 darajaga past bo‘ladi. Ammo keyingi hafta, havo harorati tez ko‘tarila boshlaydi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing