Dam olish kunlari Turkmanistondan issiq havo oqimi kiradi
Bu qiziq
−
24 iyul 2020
8424Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlariga Volgabo‘yi rayonlari ustida shakllangan nisbatan salqin va kam nam havo oqimi kirishi davom etmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Toshkent viloyati bo‘yicha, respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat 35-38 daraja atrofida bo‘ladi, janubda ayrim joylarda 40-42 darajagacha yetishi mumkin.
Dam olish kunlari butun mamlakat hududiga Turkmanistondan yana issiq va quruq havo oqimi kirishni boshlaydi.
Respublika hududining katta qismida ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Kunduzgi harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi, janubda 42 darajagacha ko‘tariladi, bu yozning shu davri xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga yuqoridir.