Dam olish kunlari O‘zbekistonga sovuq havo kiradi

Bu qiziq

image

28-29 oktyabr kunlari O‘zbekiston hududi iliq va biroz nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Bugun kechga tomon va ertaga respublikaning ayrim hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 16-21 daraja atrofida bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Yakshanba kuni respublika hududiga Volgabo‘yidan sovuq antitsiklon kirib keladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 10-15 darajagacha pasayadi.

31 oktyabr kuni kuchli yomg‘ir yog‘ishi faqat sharqiy hududlarda saqlanib turadi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati quyosh isishi hisobiga 13-18 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 29-31 oktyabr kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 30-31-oktyabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda.

30-31 oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona  viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

396

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing