Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo qanday bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonning barcha hududlarida dam olish kunlari quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat respublikaning ayrim tog‘li hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kechalari sovuq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari 2-7 daraja sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 2-5 daraja iliqgacha, janubda 7-9 daraja iliqgacha isiydi. 

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi. 

“Respublikaning tog‘li hududlarida 9-10-fevral kunlari kuchli qor yog‘ib o‘tdi. Qor qoplamining balandligi ikki kecha-kunduzda 60-70 smga oshdi va 150 smga yetdi, bu me’yordan deyarli 2 barobor ko‘p. Yangi yog‘gan qor beqaror holatda, shuning uchun qor ko‘chish xavfi juda yuqori. Tog‘larga borganingizda juda ehtiyot bo‘ling!”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing