Dam olish kunlari O‘zbekiston “yonadi”
Bu qiziq
−
10:29 6864 1 daqiqa
Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida asosan quruq ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda O‘zgidromet e’lon qilgan ob-havo prognozi ma’lumotida keltirilgan.
Unga ko‘ra, respublika hududining katta qismida havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir faqat ayrim tog‘li hududlarda, 12 iyul kuni esa Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda kuzatilishi mumkin.
Kunduzi havo 37–40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41–43 darajagacha isiydi. Kechasi va erta tongda havo harorati 22–27 daraja atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. 11–12 iyul kunlari ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi 38–40 daraja, kechasi esa 23–25 daraja bo‘ladi.
Live
Barchasi