Dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi
Bu qiziq
−
18 mart 2022 21781 2 daqiqa
Bugun, 18 mart kuni O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq havo massasi kirib keldi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Respublika hududining katta qismida beqaror ob-havo saqlanib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi kutilyapti. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduz kuni 4-7 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
Ertaga, 19 mart kuni faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida biroz yog‘ingarchilik (asosan qor ko‘rinishida) saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha pasayadi, kunduzi 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.
Yakshanba kuni respublikaning katta qismida quruq va o‘rtacha iliq ob-havo kuzatiladi, faqat Qoraqalpog‘istonning shimolida ba’zi joylarda biroz qor kuzatiladi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 darajani tashkil etadi.
18-19 mart kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
Shu kunlarda respublikaning tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025