Dam olish kunlari salqin havo bo‘lishi prognoz qilindi

Bu qiziq

image

Ertaga, 24 iyun kuni respublika bo‘yicha asosan kam bulutli va o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati 33-38 daraja issiq, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda 42-44 daraja issiq atrofida bo‘ladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati хабар berdi.

25 iyun kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin va nam havoning yana bir qismi kirib keladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat yana 2-4 darajaga, yoz fasli uchun qulay bo‘lgan 31-34 darajagacha, janubda ba’zi joylarda 38-40 darajaga pasayadi. Salqin havo kechasi va ertalab seziladi, kechasi harorat 15-18 darajagacha pasayadi.

Bugun, 23 iyun kuni janubda va cho‘l hududlarda, 24-25 iyun kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 24-25 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Poytaxt Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 24-25 iyun iyun kunlari kechga tomon va kuni shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-24 iyunda 34-36 daraja, 25 iyunda 31-33 daraja issiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing