Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
22 avgust 2025 8647 1 daqiqa
O‘zgidromet 23-24 avgust kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati 35-37 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha bo‘ladi.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha nisbatan nam va biroz issiq bo‘lgan kuchsiz havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston hududning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24 kuni 32-35 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 20-22 daraja bo‘ladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025