Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 6-7 aprel kunlari respublikada kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Ertaga, 6 aprel kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir faqat kechasi va ertalab yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati biroz pasayadi va 15-18 daraja atrofida bo‘ladi.

7 aprel, yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati yana 20-23 darajagacha ko‘tariladi.

Kechalari harorat asosan 7-12 daraja bo‘ladi.

5-6 aprel kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Tog‘li hududlarda 5-6 aprelda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi, 6 aprelda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtda 5 aprel kechga tomon va 6 aprelda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

7 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 5 va 7 aprel kunlari 20-23 daraja, 6 aprel kuni 15-17 daraja bo‘ladi. Harorat kechalari 7-12 daraja atrofida bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing