Dam olish kunlari ob-havo qanday bo‘ladi?

Jamiyat

image

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi ustida bir necha kun davomida hukmronlik qilgan sovuq antitsiklon chekinishni boshlaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda. 

Bu kechki sovuqlarning biroz pasayishi va kunduzgi haroratning ozgina ko‘tarilishiga olib keladi. Dam olish kunlari kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, kechasi harorat 0-5 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Yakshanbada Qozog‘iston hududi bo‘ylab navbatdagi sovuq havo oqimi o‘tadi. Respublika ana shu sovuq oqim chegarasida bo‘ladi. Shu sababli bulutlar ko‘payib, harorat 2-3 darajaga bir oz pasayadi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing