Dam olish kunlari nam va salqin havo harorati kuzatiladi

Bu qiziq

image

Ertaga, 6 may kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengiz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lum qildi.

Joriy yilning 6-7 may kunlari O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 18-23 darajagacha pasayadi, bu may oyining boshi uchun bo‘lgan me’yordan 3-5 darajaga pastdir.

7 may kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 8-13 darajagacha pasayadi, kunduzi harorat 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylarida do‘l yog‘ishi mumkin. 6 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-7 may kunlari vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda (2000 m dan yuqorida) yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir Gidrometeorologiya momaqaldiroq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing