Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berildi

Bu qiziq

image

Bugun, 12 fevral kuni quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Xorazm viloyatida bulutlilik ko‘payishi hisobiga biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Harorat foni iqlimiy me’yordan 8-10 darajaga yuqori bo‘ladi va 15-20 daraja iliq, janubda 20-25 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga, 13 fevralda bulutli massiv janubi-sharq tomonga siljiydi, tog‘ oldi tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Mamlakatning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik ehtimoli kam. Dam olish kunlari harorat ko‘tarilishi davom etadi, kechalari 3-8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda, kunduz kunlari esa havo 17-20 daraja iliqqacha, janubda 23-25 daraja iliqqacha isiydi. Dam olish kunlariga o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 10-12 darajaga ko‘p bo‘ladi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing