Dam olish kunlari quyosh necha darajada qizdiradi?

Bu qiziq

image

O‘zbekiston hududi bo‘yicha hafta davomida kuzatilgan quruq va o‘rtacha issiq ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.

Unda aytilishicha, 2-4 iyun kunlari respublikaning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 34-39 daraja atrofida bo‘ladi.

Bunday harorat iyun oyining boshidagi me’yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga yuqoridir. Ammo O‘zbekistonning meteorologik kuzatuvlari yilnomasida ayrim yillar borki, ushbu yillarda havo harorati iyun oyining eng boshida 38-40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41-43 darajagacha ko‘tarilgan.

Respublikaning tog‘li hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh ayrim tog‘li hududlarda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shimolda va cho‘l hududlarda 2 iyunda shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda 2-4 iyun kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtachagacha esadi. Harorat 34-37 daraja atrofida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida joriy yilning yoz fasli qanday ob-havo bilan o‘tishi hamda uning taxminiy darajalari ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Gidrometeorologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing