Dam olish kunlari qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 21-23 iyun kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi

Unga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat foni o‘zgarmaydi. Havo harorati kechalari 20-25 daraja, kunduz kunlari 34-39 daraja atrofida bo‘ladi. Respublika tekislik hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida, shuningdek, 22 iyun shanba kuni Xorazm viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Navoiy viloyatining cho‘l hududlarida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda  15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Tog‘li hududlarda beqaror ob-havo saqlanib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli jala yog‘ib o‘tadi, momaqaldiroq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing