Dam olish kunlari qayerda qor yog‘adi?
Bu qiziq
−
24 fevral 2023
23137Bugun, 24 fevral kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga va kechga yaqin boshqa hududlarga ham Rossiyaning Yevropa hududidan sovuq va nam havo massasi kirib keladi. Ertaga, 25 fevral kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida qor va yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbaga kelib, quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida kun davomida, boshqa hududlarda kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 15-20 daraja, shimolda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
25 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarida kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati pasayadi va ko‘pchilik hududlarda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
26 fevral kuni O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning katta qismida harorat kechasi 2-5 daraja sovuqqacha pasayadi. Kunduzi quyosh hisobiga havo harorati 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Ushbu kunlarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Xususan, shanba kuni vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va ertalab 3-5 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi 0-2 daraja iliqqacha pasayadi.
Yakshanba kuniga kelib, yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
LiveBarchasi