Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 23-25 noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3  daraja sovuq- 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-24 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq, 25 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida 23-24 noyabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 25 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23 noyabrda 2-7 daraja iliq, 24-25 noyabrda 0-5 daraja iliq kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 23 noyabrda Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 23 noyabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 24-25 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing