Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 28-30 iyun kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 28 va 30 iyunda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing