Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
Bu qiziq
−
14 Oktabr 2022
15644Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga iliq va quruq havo massasi kirib kelishi davom etadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishi sabab 15 oktyabr kuni beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylarda yog‘ir yog‘adi.
Kunduzgi havo harorati ushbu kunning o‘rtacha me’yoriy qiymatlaridan ko‘p bo‘ladi va 26-29 darajani tashkil etadi.
Shimolda va cho‘l hududlarda 16 oktyabr kuni ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.