Dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet joriy yilning 10-11 yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi davom etadi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.

Shu kunlarda havo harorati ko‘tariladi. Shanba va yakshanba kunlari 12-15 daraja iliqqacha isiydi. Kechasi va ertalab ham harorat ko‘tarila boshlaydi, yakshanba kuniga kelib harorat 0-3 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Shanba va yakshanba kunlari harorat asta-sekin kechalari 1-3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing